# Oila kodeksi — 219-modda. Er-xotindan birining arizasi boʻyicha nikohdan ajralishni qayd etish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/219 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Er-xotindan birining arizasi boʻyicha nikohdan ajralishni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga quyidagilar taqdim etiladi: er (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yoʻqolgan deb topilganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori; er (xotin) uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmidan koʻchirma, shuningdek sudlangan er (xotin)ning oʻrtadagi bolalari va mol-mulki yuzasidan nizosi yoʻqligi toʻgʻrisidagi tilxat. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)