# Oila kodeksi — 26-modda. Er va xotinning shaxsiy foydalanishidagi buyumlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/26 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qimmatbaho buyumlar va zebu-ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), garchi nikoh davomida er va xotinning umumiy mablagʻi hisobiga olingan boʻlsa ham, ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)