# Oila kodeksi — 33-modda. Nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb topish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/33 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Nikoh shartnomasi sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Nikoh shartnomasining shartlari ushbu Kodeks 31-moddasi beshinchi qismining talablariga zid kelsa, sud er-xotindan birining talabiga binoan nikoh shartnomasini toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)