OK · 35-modda

35-modda. Nikoh shartnomasi tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilishda kreditorlar huquqlarining kafolatlari

Er (xotin) nikoh shartnomasi tuzayotgani, uni oʻzgartirayotgani yoki bekor qilayotgani toʻgʻrisida oʻz kreditorini (kreditorlarini) xabardor qilishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taqdirda er yoki xotin, nikoh shartnomasi mazmunidan qatʼi nazar, oʻz majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻladi.

Qarzdor er (xotin)ning kreditori (kreditorlari) sharoit jiddiy oʻzgargani tufayli nikoh shartnomasining shartlarini qonunda belgilangan tartibda oʻzgartirish yoki bekor qilishni talab qilishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.