# Oila kodeksi — 45-modda. Sudning nikohdan ajratish haqida hal qiluv qarorini chiqarishida davlat boji miqdorini belgilash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/45 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud nikohdan ajratish haqida hal qiluv qarorini chiqarish paytida nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining guvohnomasi berilayotganda er-xotinning har ikkalasi yoki ulardan biri toʻlaydigan davlat boji miqdorini belgilashi lozim. Agar sud bu bojni er-xotinning har ikkalasidan undirishni lozim deb topsa, ularning har biri toʻlaydigan boj miqdorini belgilaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)