# Oila kodeksi — 49-modda. Nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/49 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Nikoh quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topiladi: ushbu Kodeksning 14—16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda; soxta nikoh tuzilganda, yaʼni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini koʻzlamay nikoh qayd qildirganda; nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)