Oila toʻgʻrisidagi qonunchilik nikoh tuzish, nikohning tugatilishi (tugashi)* va uni haqiqiy emas deb topish shartlari va tartibini belgilaydi, oila aʼzolari: er-xotin, ota-ona va bolalar (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar) oʻrtasidagi, oila toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va doirada esa qarindoshlar hamda oʻzga shaxslar oʻrtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek yetim bolalarni va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga olish shakl va qoidalarini, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibini belgilaydi.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 3-moddaOilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi
- 4-moddaOilaning, onalik, otalik va bolalikning muhofaza qilinishi
- 4-1-moddaKoʻp bolali oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish
- 6-moddaOilaviy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonunchiligining qoʻllanilishi
- 7-moddaOila toʻgʻrisidagi va fuqarolik qonunchiligining oʻxshashlik boʻyicha qoʻllanilishi
- 8-moddaOilaviy munosabatlarda mahalliy urf-odat va anʼanalarning qoʻllanilishi
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.