# Oila kodeksi — 54-modda. Soxta nikohni haqiqiy emas deb topish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/54 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Er-xotin soxta nikoh qayd qildirgan va oila qurmagan boʻlsalar, nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Soxta nikohni haqiqiy emas deb topishni prokuror talab qilishga haqli, er (xotin) oila qurish maqsadisiz nikohga kirgan hollarda esa, bunday talab xotin (er) tomonidan ham qoʻyilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)