# Oila kodeksi — 66-modda. Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan koʻrishish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/66 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan koʻrishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga taʼsir qilmaydi. Ota va ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan koʻrishish huquqiga ega. Ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda ham bola ular bilan koʻrishish huquqiga ega. Favqulodda vaziyatlarga tushib qolgan bola (ushlab turish, qamoqqa olish, hibsga olish, davolash muassasasida boʻlish va boshqa hollarda) oʻz ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilangan tartibda koʻrishish huquqiga ega. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)