# Oila kodeksi — 68-modda. Bolaning oʻz fikrini ifoda etish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/68 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola oʻz fikrini erkin ifoda qilishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki maʼmuriy muhokama jarayonida soʻzlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qatʼi nazar, koʻrib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)