# Oila kodeksi — 71-modda. Ota-ona huquq va majburiyatlarining tengligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/71 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ota-ona oʻz bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar (ota-onalik huquqlari). Ushbu bobda nazarda tutilgan ota-onalik huquqlari bolalar oʻn sakkiz yoshga toʻlganlarida (voyaga yetganda), shuningdek voyaga yetmagan bolalar nikohga kirganlarida hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda bolalar voyaga yetmasdan toʻla muomala layoqatiga ega boʻlganlarida tugaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)