# Oila kodeksi — 72-modda. Voyaga yetmagan ota-onaning huquqlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/72 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Voyaga yetmagan ota-ona oʻz bolasi bilan birga yashash va uning tarbiyasida ishtirok etish huquqiga ega. Oʻzaro nikohda boʻlmagan voyaga yetmagan ota-ona ulardan bola tugʻilganda hamda ularning onaligi va (yoki) otaligi belgilanganda oʻn olti yoshga toʻlishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar. Voyaga yetmagan ota-ona oʻn olti yoshga yetgunga qadar, bolani voyaga yetmagan ota-ona bilan birgalikda tarbiyalash uchun bolaga vasiy tayinlanishi mumkin. Bolaning vasiysi bilan voyaga yetmagan ota-ona oʻrtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi. Voyaga yetmagan ota-ona oʻz otaligi va onaligini umumiy asoslarda eʼtirof etish yoki bunga eʼtiroz bildirish huquqiga egadir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)