# Oila kodeksi — 73-modda. Ota-onaning bolalarga taʼlim-tarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/73 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona oʻz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular oʻz bolalarining sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qilishlari shart. Ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega. Ota-ona bolalarining qonunchilikda belgilangan zarur darajada taʼlim olishini taʼminlashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)