# Oila kodeksi — 78-modda. Ota-onalik huquqini himoya qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/78 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ota-ona bolani qonunga asoslanmasdan ushlab turgan har qanday shaxsdan uning qaytarilishini talab qilishga haqli. Nizo chiqqan taqdirda, ota-ona oʻz huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga haqli. Bu talablarni koʻrishda sud bolani ota-onasiga qaytarish uning eng ustun manfaatlariga zid degan xulosaga kelsa, bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning daʼvosini rad qilishga haqli. Agar sud ota-ona ham, bolani oʻz qaramogʻiga olgan shaxs ham bolaga lozim darajada tarbiya berishni hamda uni kamolotga yetkazishni taʼminlay olmaydilar, deb topsa, bolani vasiylik va homiylik organi qaramogʻiga olib beradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)