# Oila kodeksi — 79-modda. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/79 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda: ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment toʻlashdan boʻyin tovlasa; uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻuruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa; ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir koʻrsatsa; muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsa; oʻz bolalarining hayoti yoki sogʻligʻiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan boʻlsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)