# Oila kodeksi — 84-modda. Ota-onalik huquqini cheklash oqibatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/84 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bolani shaxsan tarbiyalash huquqidan, shuningdek bolali fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqidan mahrum boʻladi. Ota-onalik huquqining cheklanishi ota-onani bolaga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilmaydi. Ota-onasi (ulardan biri)ning oʻziga nisbatan ota-onalik huquqi cheklangan bola turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi, shuningdek ota-ona va boshqa qarindoshlari bilan tugʻishganlik faktiga asoslangan mulkiy huquqlarini, shu jumladan meros olish huquqini saqlab qoladi. Ota-ona ikkalasining ota-onalik huquqi cheklangan taqdirda bola vasiylik va homiylik organi qaramogʻiga olib beriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)