# Oila kodeksi — 85-modda. Bolaning sud tomonidan ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bilan koʻrishishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/85 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud tomonidan ota-onalik huquqi cheklangan ota-onaning bolasi bilan koʻrishishi unga salbiy taʼsir koʻrsatmasa, bola bilan koʻrishishga ruxsat berilishi mumkin. Ota-onaning bola bilan koʻrishishiga vasiylik va homiylik organining roziligi bilan yoxud vasiy (homiy)ning, bolaning tutingan ota-onasi yoki bola turgan muassasa maʼmuriyatining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)