# Oila kodeksi — 88-modda. Sudda bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda vasiylik va homiylik organining ishtiroki > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/88 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud tomonidan bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolar koʻrilayotganda, bolaning himoyasi uchun kim daʼvo taqdim qilganligidan qatʼi nazar, ishda ishtirok etish uchun vasiylik va homiylik organi jalb qilinishi kerak. Vasiylik va homiylik organi bolaning hamda uni oʻz tarbiyasiga berishni talab qilayotgan shaxs (shaxslar)ning turmush sharoitlarini tekshirishi va tekshirish natijalarini hamda unga asoslangan nizo mohiyatiga oid xulosasini sudga taqdim qilishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)