# Oila kodeksi — 92-modda. Ota-ona va bolalarning umumiy mulki > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/92 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ota-ona va oʻn toʻrt yoshga toʻlgan voyaga yetmagan bolalar oʻrtasida qonunda belgilangan tartibda umumiy mulk huquqi vujudga kelishi mumkin. Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar umumiy mol-mulkni vujudga keltirish toʻgʻrisida kelishuv tuzishlari mumkin. Ota-ona va voyaga yetmagan bolalarning umumiy mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)