# Oila kodeksi — 98-modda. Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga aliment toʻlash tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/98 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish uchun aliment toʻlash tartibini oʻzaro kelishgan holda belgilashga haqlidirlar. Voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish uchun aliment toʻlash tartibi va shakli haqida ota-ona oʻrtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid boʻlmasligi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)