# Shaharsozlik kodeksi — 24-modda. Ekspert tashkilotlarining vakolatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SHK/24 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ekspert tashkilotlari: qabul qilingan arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik yechimlarining shaharsozlik normalari hamda qoidalariga muvofiqligini tekshiradi; shaharsozlik normalari va qoidalarining majburiy talablariga, shu jumladan energiya jihatidan samarador hamda energiyani tejaydigan texnik, texnologik va innovatsion loyiha yechimlarini qoʻllash boʻyicha majburiy talablariga rioya etilishini tekshiradi; ekspertiza natijalari yuzasidan xulosalar taqdim etadi; bajarilgan loyiha-qidiruv ishlarining sifatiga baho beradi. Ekspert tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SHK)