# Shaharsozlik kodeksi — 27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hamda uning hududiy inspeksiyalarining vakolatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SHK/27 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) hamda uning hududiy inspeksiyalari (bundan buyon matnda hududiy inspeksiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar oʻz vakolatlari doirasida: mahalliy davlat hokimiyati organlariga va maxsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalariga shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish haqida taqdimnomalar kiritadi; binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek fuqaro hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turadi hamda demontaj ishlari amalga oshirilishini talab qiladi; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan va aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha kamida ikkita koʻrsatma bajarilmagan hollarda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turadi va demontaj ishlarini olib borish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qiladi; yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyati sohasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni, ularni bajarishning shaharsozlik faoliyati obyektidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan mutanosib muddatlarini, lekin koʻpi bilan oltmish kunni belgilagan holda, beradi; shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarning hamda ruxsat beruvchi hujjatlarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi; shaharsozlik faoliyati obyektlarida binolar hamda inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek inson hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari hamda buyumlari qoʻllanilganligi aniqlangan hollarda, qurilish materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishni, realizatsiya qilish hamda qoʻllashni toʻxtatib turish haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi; qurilayotgan obyektlarga moneliksiz kiradi va davlat nazorati vazifalarini amalga oshiradi; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga, qurilishda qoʻllaniladigan qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishiga rioya etilishi ustidan, shuningdek texnik va mualliflik nazorati yuritilishi ustidan tanlab oʻtkaziladigan davlat nazoratini amalga oshiradi; shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda maʼmuriy bayonnomalarni rasmiylashtiradi va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi; oʻz vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni, maʼlumotlar va axborotni vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan soʻraydi va oladi; mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ekspertlari hamda mutaxassislarini davlat nazorati tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlarga jalb etadi; qurilish obyektlaridagi avariyalar holatlarini tekshirish boʻyicha idoralararo komissiyalar ishida ishtirok etadi; qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga konstruksiyalarning ayrim elementlarini, uzellar va detallarni ochish va qayta yopib qoʻyish, poydevorlar ostidagi tuproqni, qoʻllanilgan qurilish materiallarini, konstruksiyalarini, buyumlarini hamda muhandislik kommunikatsiyalarini sinash yuzasidan topshiriqlar beradi, shuningdek tegishli xulosa tayyorlash uchun ekspertlar va mutaxassislarni jalb qiladi; Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SHK)