# Shaharsozlik kodeksi — 42-modda. Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SHK/42 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar ekspert baholash natijalari olinganidan keyin oʻn besh kunlik muddatda buyurtmachilar tomonidan arizachi yoki uning vakolatli vakili ishtirokida koʻrib chiqiladi. Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ekspert baholash buyurtmachi mablagʻlari hisobidan tegishli tashkilotlarni jalb etgan holda oʻtkaziladi. Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish ishlab chiquvchi tomonidan buyurtmachining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SHK)