# Shaharsozlik kodeksi — 48-modda. Davlat shaharsozlik kadastri > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SHK/48 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Davlat shaharsozlik kadastri Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiradi. Davlat shaharsozlik kadastri: muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondini; hududlarning, koʻchmas mulk obyektlarining, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmaning manzilli reyestrlarini; hududlarni rivojlantirish va qurishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari haqidagi maʼlumotlarni; hududlarni hamda shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish va ulardan foydalanish boʻyicha shaharsozlik reglamentlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni; loyihalar, shaharsozlik faoliyati obyektlari va subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SHK)