# Shaharsozlik kodeksi — 50-modda. Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SHK/50 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi: hududning zonalashtirilishi; aholini joylashtirishning hududiy tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlari; viloyatlararo ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari; tabiatdan oqilona foydalanish chora-tadbirlari; hududni kompleks rivojlantirish maqsadida resurslar bilan taʼminlash chora-tadbirlari; hududni rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SHK)