# Shaharsozlik kodeksi — 52-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SHK/52 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida: energiya taʼminotini, gaz taʼminotini, aloqani, irrigatsiyani, suv taʼminotini va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini rivojlantirish; havo, temir yoʻl, avtomobil, daryo transportini, quvur orqali yetkazib berish transportini va boshqa transport turlarini rivojlantirish; hududlarni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish; Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning boshqa masalalari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar va rejalashtirish yechimlari belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SHK)