# Shaharsozlik kodeksi — 53-modda. Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SHK/53 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlar belgilanadi: tuman (tumanlar guruhlari) hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari; hududning zonalashtirilishi va rejali tuzilishi; tuman (tumanlar guruhlari) hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilish chora-tadbirlari; aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yoʻnalishlari; aholi punktlarini rivojlantirish uchun zaxira hududlar; yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini joylashtirish uchun hududlar, jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalari; aholining dam olish joylarini tashkil etish uchun hududlar; aholi punktlarining va shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralari; tuman (tumanlar guruhlari) hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SHK)