# Shaharsozlik kodeksi — 55-modda. Aholi punktlarining chegara chiziqlari loyihalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SHK/55 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Aholi punktlarining chegara chiziqlari loyihalari hududlarni rejalashtirish tarhlari, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari va aholi punktlarining bosh rejalari asosida ishlab chiqiladi. Kichik shaharlarning, shuningdek shaharchalar, qishloqlar va ovullarning chegara chiziqlari loyihalari mazkur aholi punktlarining bosh rejalari tarkibida ishlab chiqilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SHK)