# Shaharsozlik kodeksi — 56-modda. Aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq tarhlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SHK/56 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida: energiya taʼminotini, gaz taʼminotini, aloqani, irrigatsiyani, suv taʼminotini va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini rivojlantirish; transport turlarini rivojlantirish; iqtisodiyot tarmoqlarining obyektlarini joylashtirish; hududlarni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish; aholining fuqaro muhofazasi; atrof-muhitni muhofaza qilish; madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish; hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish; hududlarni rivojlantirishning boshqa masalalari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar hamda rejalashtirish yechimlari belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SHK)