# Shaharsozlik kodeksi — 59-modda. Loyihaoldi hujjatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SHK/59 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Loyihaoldi hujjatlari quyidagilardan iborat: texnik-iqtisodiy asos; texnik-iqtisodiy hisob-kitob. Texnik-iqtisodiy asos yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob loyihaning umuman eng yuqori qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini loyihalarni moliyalashtirishning ishlab chiqilgan dastlabki shartlarini hisobga olgan holda belgilaydigan variantlarni koʻrib chiqish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi hujjatdir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SHK)