# Shaharsozlik kodeksi — 64-modda. Turar joy zonalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SHK/64 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Turar joy zonalari koʻp qavatli uylar, oʻrtacha va kam qavatli uylar, yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun moʻljallangan. Turar joy zonalari jumlasiga jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan, aholi punktlarining chegaralari doirasida joylashgan hududlar ham kiradi. Turar joy zonalarida sanitariya-himoya zonalarini belgilash talab etilmaydigan hamda faoliyati atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatmaydigan (shovqin, tebranish, magnit maydonlari, radiatsiya taʼsiri, tuproq, havo, suvning ifloslanishi va boshqa zararli taʼsirlar), alohida turgan, birgalikda qurilgan, birgalikda-qoʻshimcha qilib qurilgan yoki qoʻshimcha qilib qurilgan ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarni, ibodatxonalarni, avtomobil transporti turargohlarini, sanoat, kommunal va omborxona obyektlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Turar joy zonalarida yuzdan ortiq oʻtirish joyi boʻlgan umumiy ovqatlanish korxonalarini, kino-videofilmlar namoyish qilinadigan statsionar va vaqtinchalik pavilyonlarni, ochiq turdagi yozgi sahnalarni, kinoteatrlarni va raqs maydonchalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SHK)