# Shaharsozlik kodeksi — 68-modda. Rekreatsiya zonalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SHK/68 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Rekreatsiya zonalari turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun moʻljallangan boʻlib, koʻkalamzorlar hududlari va obyektlari (shahar oʻrmonlari, oʻrmon-bogʻlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, bogʻlar, sayilgohlar), hayvonot bogʻlari, hovuzlar, plyajlar, sohilboʻyi obyektlari va boshqa obyektlarni oʻz ichiga oladi. Rekreatsiya zonalarining hududlarida rekreatsiya-sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan obyektlardan foydalanish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan mavjud sanoat, kommunal, omborxona obyektlari qurilishiga va kengaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SHK)