# Shaharsozlik kodeksi — 9-modda. Fuqarolarining qulay hayot faoliyati muhitiga boʻlgan huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SHK/9 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Har bir fuqaro qulay hayot faoliyati muhitiga boʻlgan huquqqa ega. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitiga boʻlgan huquqi: shaharsozlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish; hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish; fuqarolarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishi; qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sertifikatlashtirish; shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati; shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida fuqarolarga yetkazilgan hamda ularning hayot faoliyati muhiti yomonlashishiga sabab boʻlgan zararlarni kompensatsiya qilish, shuningdek fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash orqali taʼminlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SHK)