# Soliq kodeksi — 115-modda. Soliqlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/115 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Soliq toʻlash majburiyatiga ega boʻlgan soliq toʻlovchi uni toʻlashga doir toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatuvchi bankka, oʻzining bank hisobvaragʻida pul mablagʻlari bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, ushbu Kodeksda belgilangan toʻlov muddatidan kechiktirmasdan taqdim etishi shart. Agar soliq toʻlovchida toʻlanmagan soliq qarzi mavjud boʻlsa, soliq organi unga soliqlarni toʻlash muddati oʻtganidan keyin uch kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)