# Soliq kodeksi — 119-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/119 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qismi boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan olingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kun ichida soliq qarzi toʻlanmagan taqdirda va agar ushbu Kodeksning 120 — 122-moddalarida nazarda tutilgan choralar qoʻllanishi natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, soliq organlari undiruvni ushbu Kodeksning 123-124-moddalarida belgilangan tartibda soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)