# Soliq kodeksi — 164-modda. Soliq organlarining qarorlarini ijro etish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/164 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror u kuchga kirgan kundan eʼtiboran ijro etilishi lozim. Tegishli qarorni ijroga qaratish ushbu qarorni qabul qilgan soliq organining zimmasiga yuklatiladi. Shikoyat yuqori turuvchi soliq organi tomonidan koʻrib chiqilgan taqdirda, ushbu yuqori turuvchi soliq organining kuchga kirgan qarori yuqori turuvchi soliq organining qarori kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch kun ichida dastlabki qaror qabul qilgan soliq organiga yuboriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)