# Soliq kodeksi — 18-modda. Maxsus soliq rejimlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/18 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi: 1) aylanmadan olinadigan soliq; 2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi; 3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq solishning alohida tartibi; 4) Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi; 5) islomiy moliya operatsiyalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonunchilikda yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bogʻliq holda muayyan muddat uchun belgilanadi. Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni toʻlashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qoʻllashni nazarda tutishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)