# Soliq kodeksi — 202-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim shartlarining barqarorligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/202 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik oʻzgartirilganda narxni belgilash haqidagi bitimning narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish, unga oʻzgartishlar kiritish va uning amal qilishini tugatishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish qismiga taalluqli shartlari oʻzgarishsiz qoladi. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda soliq toʻlovchining faoliyatiga va narx belgilashga taʼsir qiluvchi oʻzgartirishlar boʻlgan taqdirda, bitim taraflari narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning matniga tegishli oʻzgartishlar kiritishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)