# Soliq kodeksi — 224-modda. Soliqni (yigʻimni) toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/224 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Soliqni (yigʻimni) notoʻgʻri hisoblab chiqarish yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) natijasida soliq (yigʻim) summasini toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik, agar bunday qilmish ushbu Kodeksning 223, 226 va 227-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar alomatlarini oʻz ichiga olmagan boʻlsa, — toʻlanmagan soliq (yigʻim) summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)