# Soliq kodeksi — 227-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda ulushi soliq bazasiga kiritilmaganligi natijasida soliqni toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/227 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlgan nazorat qiluvchi shaxslari tomonidan mazkur kompaniya foydasining ulushi soliq bazasiga kiritilmaganligi natijasida soliq summalarini toʻlamaganlik yoki toʻliq toʻlamaganlik, — nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq bazasiga kiritilishi lozim boʻlgan foydasiga nisbatan tegishincha foyda soligʻi boʻyicha yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha toʻlanmagan soliq summasining yigirma foizi miqdorida, lekin oʻn million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)