# Soliq kodeksi — 240-modda. Tovarlarni realizatsiya qilish joyi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/240 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi: 1) tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlsa va bitim natijasida uning hududidan tashqariga chiqarilmaydigan boʻlsa; 2) tovar joʻnatish yoki transportda tashish boshlangan paytda Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)