# Soliq kodeksi — 25-modda. Vakolatli organlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/25 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagilar vakolatli organlardir: soliq organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari; bojxona organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent — AERO” maxsus bojxona kompleksi va bojxona postlari; yigʻimlarni undirish funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)