Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aksiz toʻlanadigan tovarlar, shu jumladan import qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun belgilangan va mazkur tovarlarni olib kirishda qoʻllanilmaydi.
Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan olib kirilgan (import qilingan) aksiz toʻlanadigan tovarlarni oʻz extiyojlari uchun ishlatilganda, soliq toʻlovchilari boʻlib ushbu tovarlarni oʻz ehtiyojlari uchun olib kirishni amalga oshirgan shaxslar eʼtirof etiladi.
Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan tovarlar tarkibidagi shakar miqdori boʻyicha maʼlumot isteʼmol qadogʻida koʻrsatilmagan taqdirda, ularga nisbatan eng yuqori soliq stavkasi qoʻllaniladi.