# Soliq kodeksi — 31-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/31 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, biroq yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtmagan jismoniy shaxslarga soliq solish va ularga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)