# Soliq kodeksi — 314-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻiga doir xarajatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/314 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha quyidagi chiqimlar hisobga olinadi: 1) ushbu Kodeksning 267-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinmaydigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi; 2) ushbu Kodeks 268-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi; 3) ushbu Kodeksning 270-moddasida koʻrsatilgan holda qoʻshilgan qiymat soligʻiga tuzatish kiritish summasi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi hisobga olinmaydigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini quyidagi hollarda xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli: 1) ushbu Kodeks 268-moddasining beshinchi qismiga muvofiq mutanosib usulni qoʻllashda; 2) agar soliqning tuzatish kiritish summasini bunday tuzatish amalga oshirilayotgan sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatiga kiritish mumkin boʻlmasa, qoʻshilgan qiymat soligʻiga ushbu Kodeksning 269 va 270-moddalariga muvofiq tuzatish kiritishda; 3) ushbu Kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻiga tuzatish kiritishda. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)