# Soliq kodeksi — 337-modda. Soliq stavkalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/337 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar faoliyatning barcha turlari boʻyicha belgilangan soliq stavkasini qoʻllaydi. Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar, agar oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari jami daromadning 90 foizdan koʻprogʻini tashkil etsa, faoliyatning barcha turlari boʻyicha 0 foiz miqdorida soliq stavkasini qoʻllashga haqlidir. Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 59-moddasida belgilangan mezonlarga rioya etmagan taqdirda, mazkur shartlarga rioya etmaganlik roʻy bergan soliq davrining boshlanishidan eʼtiboran ushbu modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini ilgari oʻtgan soliq davrlari uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etgan holda qoʻllaydi. Qoʻshimcha manbalardan daromad oluvchi budjet tashkilotlari, basharti boʻshatilayotgan mablagʻlardan qonunchilikda belgilangan tartibda budjet tashkilotlarining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, oʻz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun maqsadli tarzda foydalansa, 2027-yilning 1-yanvariga qadar 0 foiz miqdoridagi soliq stavkasini qoʻllaydi. Oʻzida ishlovchilarning umumiy oʻrtacha yillik sonining 3 foizidan koʻprogʻi nogironligi boʻlgan shaxslarni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi ushbu moddada belgilangan normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning har bir foiziga soliq stavkasining bir foizi hisobidan kamaytiriladi. 2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davri mobaynida ilk marta oʻn milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar (bundan ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida nazarda tutilgan soliq toʻlovchilar mustasno) ushbu modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini 50 foizga pasaytirishga — joriy soliq davri va keyingi soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq davrlarida jami daromadi yuz milliard soʻmdan oshmasa, haqli. Bunda ushbu modda oʻn uchinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliq bazasini jami daromadning 25 foizi miqdorida soddalashtirilgan tartibda aniqlashga haqli. Ushbu moddaning yettinchi va oʻn uchinchi qismlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozi yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni va aksiz soligʻini toʻlovchilarga nisbatan, shuningdek soliq toʻlovchi tugatilgan hollarda va (yoki) berilgan soliq imtiyozini qoʻllash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlangan taqdirda, tatbiq etilmaydi. Ushbu modda birinchi qismining 10-1-bandida nazarda tutilgan 0 foiz miqdoridagi soliq stavkasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari foydalanishga topshirilgan oydan eʼtiboran uch yil mobaynida, quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam boʻlmagan quvvatga ega elektr energiyasini toʻplash tizimi bilan quyosh panellari oʻrnatilganda esa — ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan eʼtiboran oʻn yil mobaynida qoʻllaniladi. Roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni joriy etgan soliq toʻlovchilarga nisbatan ushbu modda birinchi qismining 10-2-bandida nazarda tutilgan 0 foiz miqdordagi soliq stavkasi yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch yil muddatga, ularning yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga oid qismi boʻyicha qoʻllaniladi. Foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan ayrim soliq toʻlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan oshirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin. 2026-yil 1-yanvardan boshlab ilk marotaba soliq toʻlashga oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar — soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi bir soliq davri mobaynida soliq toʻlashdan (bundan dividend va foizli daromadlar mustasno) ozod qilinadi. Mazkur tartib qayta tashkil etilgan soliq toʻlovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)