# Soliq kodeksi — 344-modda. Foiz tarzidagi daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/344 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentiga toʻlanadigan foizlar ushbu daromadlarni oluvchining soliq bazasida hisobga olinadi va unga ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda soliq solinadi. Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va budjet tashkilotlariga mablagʻlarni depozitga joylashtirishidan toʻlanadigan foizlarga toʻlov manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)