# Soliq kodeksi — 350-modda. Soliq agenti tomonidan ushlab qolingan soliqni hisobga olish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/350 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan doimiy muassasa belgilariga javob beradigan faoliyatdan, doimiy muassasa sifatida soliq organida hisobga qoʻyishga qadar olingan daromadlarga ushbu Kodeksning 50-bobida belgilangan tartibda soliq agentida soliq solinishi lozim. Bunda soliq agenti tomonidan ushlab qolingan soliq norezident soliq organida doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilganidan keyin soliq majburiyatlarini qoplash hisobiga hisobga olinishi lozim. Mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hisobga olish soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)