# Soliq kodeksi — 361-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/361 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Soliq solishda quyidagilar hisobga olinmaydi: 1) yakka tartibdagi tadbirkorning unga mulk huquqi asosida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyuvchi boshqa ashyoviy huquq tufayli tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni sotishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinishi lozim boʻlgan daromadlari; 2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hamda yakka tartibdagi tadbirkor foyda soligʻini toʻlashga oʻtguniga qadar aylanmadan soliqni toʻlash davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)