# Soliq kodeksi — 368-modda. Jami daromad > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/368 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jami daromad soliq toʻlovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil topadi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan; 2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)